O‘zbekiston Kubogi-2016 final uchrashuvi hakamlari
Xabaringiz bor, ertaga 14 noyabr dushanba kuni Toshkent shahridagi “JAR” stadionida ayollar o‘rtasidagi XV O‘zbekiston Kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Finalda “Sevinch” jamoasi Bekobodning “Metallurg W” jamoasi bilan kuch sinashadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ushbu uchrashuvni boshqarib boradigan hakamlar nomi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, final uchrashuvini toshkentlik FIFA hakami Anna Sidorova boshqaradi. Qanotlarda unga buxorolik hakam Kristina Sereda va toshkentlik hakam Xayriniso Ergasheva yordam berishadi. Uchrashuvda yana bir toshkentlik hakam Lyudmila Geger zaxira hakami sifatida ishlaydi.
Final uchrashuvida hakamlar ishini Timur Abdullaev nazorat qiladi. Toshkent shahridan.
O‘ZBEKISTON KUBOGI-2016. FINAL
“Metallurg W” (Bekobod) – “Sevinch” (Qarshi)
14.11.2016. “Jar” stadioni. 14:00da
Bosh hakam: Anna Sidorova (Toshkent)
Yordamchi hakamlar: Kristina Sereda (Buxoro), Xayriniso Ergasheva (Toshkent)
Zaxira hakami: Lyudmila Geger (Toshkent)
Nazoratchi: Timur Abdullaev (Toshkent)
Fikrlar