EL. "Ayaks" jamoasi ham keyingi bosqichda

Bugun tunda Evropa ligasining 5-turi bahslariga start berildi. Oxirgi tur yaqinlashayotgan bir paytda jamoalar “pley-off” yo‘llanmasi uchun kurashni yanada kuchaytirdi.

Evropa ligasi “G” guruhidan o‘rin olgan bahsda “Panatinaikos” Niderlandiyada “Ayaks” mehmoni bo‘lishdi. Mezbonlar ustunligi ostida o‘tgan bu bahsda, “Ayaks” jamoasi vakillari “Panatinaikos” ustidan 2 – 0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Guruhning yana bir uchrashuvida esa, “Selta” hamda “Standard” jamoalari murosa ko‘chasini tanlashdi.

Evropa Ligasi | | “G” guruhi

“Ayaks” – “Panatinaikos” 2 – 0 (1 – 0)

Gollar: Lasse Shene 39, Kenni Tete 50

“Selta” - “Standard” 1 – 1 (1 – 0)

Gollar: Yago Aspas 8, Konstantinos Layfis 81

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!