Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

“A” seriyada eng ko‘p o‘ynagan futbolchilar

Izohlar: 0

Italiya chempionatida uzoq muddat to‘p surish hammaga ham nasib etmaydi. "A" seriya futbolchilar uchun ancha og‘ir va murakkab musobaqadir. Shuning uchun bu musobaqada eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan futbolchilar ko‘rsatkichi boshqa chempionatlar rekordini oz ko‘rinishi mumkin.

Italiyaning chempionatini 28-tur uchrashuvi eng ko‘p o‘ynagan futbolchilar ro‘yxatiga o‘zgartirishlar kiritdi. “Yuventus” darvozaboni Janluiji Buffon faoliyati Italiya chempionatidagi 613-uchrashuvini o‘tkazib, bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Roma” faxriysi Franchesko Tottidan o‘zib ketdi.

39 yoshli darvozabon kamida yana bir yarim yil to‘p suradi va eng ko‘p o‘yin o‘takazish bo‘yicha rekodni yangilashi ham mumkin.

E’tiboringizga “A” seriyada eng ko‘p o‘ynagan futbolchilar ro‘yxatini havola qilamiz:

1. Paolo Maldini (“Milan”) – 647 ta uchrashuv

2. Xaver Zanetti (“Inter”) – 615 ta uchrashuv

3. Janluiji Buffon (“Yuventus”) - 613 ta uchrashuv

4. Frantsesko Totti (“Roma”) – 612 ta uchrashuv

Ayni paytda bu futbolchilar orasida Janluiji Buffon va 40 yoshli Frantsesko Totti faoliyatini davom ettirmoqda va har ikkalasi ikkinchi pog‘onada qayd etilgan Xaver Zanettini ortda qoldirish imkoniga ega.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q