Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

APL. 17-tur. Grand jamoalar o‘yinlari haqida

Izohlar: 0

Bugun Angliya chempionatida 17-tur o‘yinlari start oladi. Ushbu turda APL grandlari qaysi jamoalar bilan to‘qnashishadi. Bu haqda quyida to‘xtalib o‘tamiz.

"Everton" - "Liverpul"
O‘zaro uchrashuvlar: 194
"Everton" g‘alabasi: 57
Durang: 63
"Liverpul" g‘alabasi:74
To‘plar nisbati: 269:225 "Liverpul" foydasiga

Ushbu turdagi eng ajoyib "derbi"! "Everton" 23 ochko bilan 8-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, "Liverpul" 34 ochko to‘plab 2-pog‘onani band etib turibdi. "Irislar" ushbu mavsumda o‘z maydonlarida o‘tkazilgan 8 ta uchrashuvning hech birida imkoniyatni boy berishmagan. Bundan ko‘rinib turibdiki Klopp shogirdlari mehmondan 3 ochko bilan qaytishlari oson bo‘lmaydi.

"Manchester Siti" - "Arsenal"
O‘zaro uchrashuvlar: 162
"Manchester Siti" g‘alabasi: 38
Durang: 41
"Arsenal" g‘alabasi: 83
To‘plar nisbati: 275:180 "Arsenal" foydasiga

O‘zaro o‘yinlardagi yaqqol ustunlik Londonliklar tomonida. Boz ustiga oxirgi 5 o‘yinda "shaharliklar" "to‘pchilar"ni taslim eta olishmagan. "Siti"da 33, "Arsenal"da 34 ochko mavjud va ular turnir jadvalida yonma-yon borishmoqda. Mazkur bellashuv turning markaziy o‘yini hisoblanadi.

"Vest Bromvich" - "Manchester Yunayted"
O‘zaro uchrashuvlar: 112
"Vest Bromvich" g‘alabasi: 37
Durang: 26
"Manchester Yunayted" g‘alabasi: 49
To‘plar nisbati: 211:172 "qizil iblislar" foydasiga

"Vest Bromvich" klubi MYu uchun qulay bo‘lmagan raqib sanaladi. Ushbu jamoalarning oxirgi 7 to‘qnashuvida "qizil iblislar" atigi 2 marta yutishganini o‘zi ham, so‘zimizga isbot bo‘la oladi. "Bromvich" 23 ochko bilan 7, "Manchester Yunayted" esa 27 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda. Yon qo‘shnilar to‘qnashuvida Mourino shogirdlariga oson bo‘lishini tahmin qilish qiyin.

"Kristal Pelas" - "Chelsi"
O‘zaro uchrashuvlar: 28
"Kristal Pelas" g‘alabasi: 4
Durang: 9
"Chelsi" g‘alabasi: 15
To‘plar nisbati: 50:24 "aristokratlar" foydasiga

"Kristal Pelas" "Aristokratlar" bilan o‘tkazilgan 28 uchrashuvda bor yog‘i 4 marta zafar quchishgan. Ana shu yutuqlarning 2 tasi oxirgi 5 uchrashuvga to‘g‘ri keladi. Konte shogirdlari ketma-ket 10 ta o‘yindan buyon g‘alaba qozonayotganliklarini nazarda tutadigan bo‘lsak, ayni paytda "Chelsi" ajoyib formadi va bu o‘yinda ham klubning g‘alaba qozonish ehtimolligi yuqori.

Furqat Yusupov tayyorladi

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q