APL. "Manchester Siti" "Xaddersfild" darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritdi
"Jon Smit" stadionida kechgan uchrashuvda "shaharliklar" 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Gollarga Danilo, Rahim Sterling hamda Leroy Sanelar mualliflik qilishdi.
Shu tariqa, "Manchester Siti" hisobidagi ochkolar soni 56 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. "Xaddersild" hisobida esa 11 ochko mavjud jadvalning eng quyi pog‘onasidan o‘rin olgan.
Fikrlar