
APLda avgust oyining eng yaxshi futbolchiga nomzodlar aniqlandi
Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti mamlakat chempionatining avgust oyida eng yaxshi futbolchi bo‘lishga da’vogarlik qilayotgan futbolchilar ro‘yxatini e’ln qildi.
Ushbu ro‘yxatda “Tottenxem” a’zosi Lukas Moura (4 o‘yinda 3 gol) va “Liverpul” hujumchisi Sadio Mane (4 o‘yinda 4 gol) etakchilik qilmoqda.
Shuningdek quyidagi futbolchilar ham ro‘yxatda bor:
Markos Alonso (himoyachi, "Chelsi"), Nil Eterij (darvozabon, "Kardiff Siti"), Benjamen Mendi (himoyachi, "Manchester Siti"), Roberto Pereyra (yarim himoyachi, "Uotford"), Virgil van Deyk (himoyachi, "Liverpul").
Fikrlar