Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

AQShdagi bosh sovrin uchun Evropaning ikki go‘zali bellashadi

Izohlar: 0

AQShning Mayami shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi "Miami Open - 2017" xalqaro turnirida bosh sovrin uchun kurashadigan tennis malikalari nomi aniq bo‘ldi.

Yarim final uchrashuvlaridan birida daniyalik Karolina Voznyatski ikkinchi raqamda saralangan chexiyalik Karolina Plishkovani 5:7, 6:1, 6:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ikkinchi uchrashuvda britaniyalik Yoxanna Konta mezbonlar vakilasi Vinus Uilyamsdan 6:4, 7:5 hisobida ustun keldi.

Endi finalda Yoxanna Konta (Velikobritaniya, 10) — Karolina Voznyatski (Daniya, 12) bahsini ko‘ramiz.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q