“ATP Mercedes Cup”da tennischilar uchmoqda
Zohir2018
Germaniyaning Shtutgart shahrida tennis bo‘yicha “ATP Mercedes Cup” musobaqasining ilk davrasida mezbon tennischilar Rudolf Melleker va Yan-Lennard Shtruff o‘zaro to‘qnash keldi.
Ushbu uchrashuvda Rudolf raqibi ustidan uch setda 6:4, 6:7, 6:3 hisobida g‘alaba qozonib ikkinchi davraga chiqdi. Shuningdek, germaniyalik Florian Mayer va Yannik Maden bahsi 6:4, 6:1 hisobida yakunlandi.
Musobaqada argentinalik Gido Pelya esa avstlariyalik Jon Millmanni har ikkala setda bir xil 6:2 hisobida engdi.
Izohlar (0)