AUSTRALIAN OPEN-2017: Pablo Karreno-Busta - Denis Istomin. LIVE
Bugun butun tennis muxlislarining e’tibori bu yilgi Avstraliya ochiq chempionati qahramoni Denis Istomin va ispaniyalik tennischi Pablo Karreno-Busta o‘rtasidagi uchinchi davra o‘yiniga qaratilgan.
O‘zbekistonlik raketka ustasi ikkinchi bosqichda Avstraliya ochiq chempionatining olti karra g‘olibi serbiyalik Novak Jokovichni qariyb besh soat davom etgan uchrashuvda mag‘lub etgach, hamyurtimizning ishtirokiga millionlab muxlislar qiziqib qoldi.
AUSTRALIAN OPEN-2017
21.01.2017
Pablo Karreno-Busta (Ispaniya) - Denis Istomin (O‘zbekiston) - 2 : 3 (4:6, 6:4, 4:6, 6:4, 2:6) ... TUGADI
- G‘alaba muborak azizlar!!!
- Endi Istomin 1/8 finalda 1/8 finalda birozdan so‘ng start oladigan bolgariyalik Grigor Dmitrov (№15) va frantsiyalik Richard Gaske juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.
- Raqbining navbatdagi geymini o‘z foydasiga hal qilgan Denis g‘alabaga erishdi.
- Urraaaaaaa.... G‘ALABAAAAAA!!!!

- Hayajonli daqiqalar boshlanmoqda.. Istominni g‘alabadan atigi ikkita geym ajratib turibdi... Hozircha 5-setda hisob 2:4, tennischimiz foydasiga.. Olg‘a Denis...
- Ayni damda so‘nggi setning 3-geymi davom etmoqda. Ustunlik Istomin tomonida. 1:2...
- Beshinchi set boshlandi.
- Keskin va murosasiz kechgan 4-setda Istomin imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Umumiy hisob 2:2. Endi tomonlar hal qiluvchi 5-setda o‘z imkoniyatlarini sinab ko‘radi va g‘olibni aniqlanadi.
- 4-setda Istomin geymini o‘z foydasiga hal qilib, oradagi farqni qiqartirdi... 4:3...
- Urrraa... Denis bu setni o‘z foydasiga hal qildi. 6:4. Umumiy hisob esa 2:1. Navbat 4-setga...
- Bu setda tennischilar bir-birlariga imkoniyat bermayapti. Murosasiz kechayotgan bahsda hisob 4:5. bellashuv davom etmoqda...
- Uchinchi set boshlandi. Bu setda Istomin yaqqol ustunlik qilmoqda. Hozircha 3:0 hisobida oldinda bormoqda.
- Ikkinchi set yakuniga etdi. Bunda Pablo Karreno-Busta 6:4 hisobida zafar quchdi.
- Ustunlik sekin-asta Karreno-Bustaga o‘tayotgandek. Hozircha hisob 4:3 ispaniyalik tennischi foydasiga...
- Jahon reytingida 117-pog‘onada borayotgan hamyurtimiz ikkinchi setni ham ishonchli o‘tkazmoqda, biroq ispaniyalik tennischi hozircha bu setda hisobni tenglashtirdi. 2:2
- Bu setni Istomin boshlab berdi.

- Birinchi set 47 daqiqa davom etdi.
- Istomin oldingi bahsdagi kabi ilk setni o‘z foydasiga hal qildi. 6:4. Endi navbat ikkinchi setga.
Qadrli tennich ixlosmandlari. Melburnda davom Istomin ishtirokidagi "Katta dubulg‘a" musobaqasidan translyatsiyamizni boshlaymiz.


Izohlar (0)