Abdulhay Shoarhmatov barcha raqiblaridan ustunligini isbotladi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamlik o‘yinlarida yana bir oltin medal qo‘lga kiritildi.
Boks bahslarida -56 kilogramm vazn toifasida turkmanistonlik Yakub Meredovga qarshi ringga ko‘tarilgan Abdulhay Shorahmatov 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, terma jamoamiz hisobiga yana bir medalni qo‘shib qo‘ydi.
Qayd etish joiz, umumiy hisobda o‘ninchisi hisoblangan ushbu oltin boks yo‘nalishida dastlabkisi hisoblanadi.

Izohlar (0)