Alberto Kontador "Vuelta" ko‘pkunligidan so‘ng, faoliyatiga nuqta qo‘yadi (foto)
Ispaniyalik mashhur velopoygachi Alberto Kontador Vuelta ko‘p kunlik poygalaridan so‘ng faoliyatini yakunlaydigan bo‘ldi. Ayni paytda Trek-Segafredo jamoasi sharafini himoya qilayotgan 34 yoshli sportchi bu haqda o‘zining instagramdagi sahifasi orqali ma’lum qilgan.
– Men ikki narsa haqida xabar bermoqchiman. Birinchisi – men 19-avgustda bo‘ladigan “Vuelta”da ishtirok etaman. Ikkinchisi – bu mening poygachilik faoliyatimdagi so‘nggi musobaqa bo‘ladi.
Men buni quvonch bilan hech qanday afsuslarsiz ayta olaman. Bu juda yaxshi o‘ylangan qaror. O‘z yurtingda, qadrdon muxlislaring qarshisida faoliyatningga nuqta qo‘yishdan yaxshi chora bo‘lmasa kerak, – deydi Kontador o‘z sahifasida.

Fikrlar