Albina evropalik tennischidan ustun keldi
Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan xalqaro turnirda o‘zbekistonlik Albina Xabibulina dastlabki g‘alabasini nishonladi.
Turnirni saralash musobaqasidan boshlagan hamyurtimiz birinchi o‘yinda Latviya tennischisi Anastasiya Xomutova bilan raqobatlashdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bellashuvda 6:2, 3:6, 6:2 hisobida g‘alaba qozongan Albina ikkinchi davraga yo‘l oldi.
Endi tennischimiz asosiy to‘r yo‘llanmasi uchun belaruslik Viktoriya Mun bilan kuch sinashadi.

Turnirning asosiy to‘ridan hamyurtimiz Arina Folts ham joy olgan.

Fikrlar