Albina g‘olibona yurishini davom ettirmoqda
Oldin xabar berib o‘tganimizdek, ayni kunlarda Belgiyada ITF taqvimidan o‘rin olgan ayollar o‘tasidagi xalqaro turnir bo‘lib o‘tmoqda.
Mukofot jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirda hamyurtimiz Albina Xabibulina ham ishtirok etmoqda.
Turnirdagi ishtirokini saralashdan boshlagan tennischimiz kecha ilk davrada sloveniyalik Lenka Yurikovaga qarshi kortga chiqdi.
1 soat 58 daqiqa davom etgan uchrashuvda hamyurtimiz 3:6, 6:2, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Raqib 3-setning 4-geymidan so‘ng, uchrashuvni davom ettira olmasligini ma’lum qildi.
Bugun Xabibulina ikkinchi davrada gollandiyalik Bibiana Shoofga qarshi kortga chiqadi.
Izohlar (0)