Allegriga yoqmay qolgan frantsuz kelgan joyiga ketishi mumkin

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Vest Xem” klubi “Yuventus”ning frantsiyalik himoyachisi Patris Evrani mavsum so‘nggiga qadar ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Frantsiya terma jamoasi a’zosi jamoaga Massimiliano Allegri kelganidan so‘ng, o‘z qadrini yo‘qotdi va italiyalik bosh murabbiy Evrani ijaraga berib yuborishga tayyor. Bu haqda bir qator ingliz va italyan nashrlari xabar tarqatmoqda.

O‘z navbatida “Vest Xem” bosh murabbiyi Slaven Bilich jamoasining himoya chizig‘ini kuchaytirishga harakat qilmoqda va bu yo‘lda u qisqa muddatli shartnoma imzolashga ham rozi.

Ma’lumot uchun, Evraga Angliya premer-ligasi begona emas. Boisi, u 2006-2014 yillarda “Manchester Yunayted” safida faoliyat olib borgan. 2014 yildan buyon Evra “Yuventus” klubida to‘p surib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Vest Xem” bu mavsum “Yuventus”dan birinchi marta ijaraga futbolchi olayotgani yo‘q. Mavsum avvalida turinliklar hujumchisi Simone Zaza ijara asosida londonliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Ammo, “Vest Xem” rahbariyatiga Zazaning o‘yinlari ma’qul kelmadi shekilli, londonliklar uni qishki transfr davridayoq Italiyaga qaytarib yuborishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!