
Ana xolos: UFC rahbari Magregorning mag‘lubiyatini kutyapti
Aralash jang san’atlari ustasi Konor Magregor shu yilning 26 avgust kuni Las-Vegas shahrida engilmas professional bokschi Floyd Meyvezer bilan boks qoidalari asosida jang qiladi.
Meyvezer va Makgregor misli ko‘rilmagan daromadga ega bo‘ladi
UFC rahbari Dena Uayt Konorning g‘alabasiga ishonmayapti va Makgregorning mag‘lubiyati aralash jang san’atlari olamiga salbiy ta’sir o‘tkaza olmasligini ta’kilamoqda.
- Mag‘lubiyat Konorning faoliyatiga ham, UFC olamiga ham ta’sir qilmaydi, - dedi Uayt. - Magregor aralash jang san’atlari ustasi bo‘lganiga qaramay, dunyoning eng zo‘r bokschisiga qarshi ringga chiqmoqda. Bu Konorning nomiga dog‘ tushirmaydi, aksincha uning foydasiga ishlaydi.
Dena Uayt jangda qanday natija qayd etilishidan qat’iy nazar muxlislar Konor Magregorni hurmat qilishda davom etishiga ishonmoqda.
Fikrlar