Andrea Shyurrle "Borussiya D"ni tark etdi

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Andrea Shyurrle jamoani tark etishga yaqin turibdi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘yinchi AQShdagi yig‘in vaqtida klubni tark etgan va boshqa jamoaga o‘tish borasidagi transferni hal qilishga otlangan.

"Borussiya D" vakillari uning qaerga yo‘l olishi haqidagi savollarga aniqlik kiritishdan bosh tortgan. Taxminlarga ko‘ra, u katta ehtimol bilan APL jamoalaridan birida faoliyatini davom ettiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!