Andrey Shipilov: Bunday uchrashuvlar yosh futbolchilarimiz uchun ulkan tajriba hisoblanadi

  • 10.11.2018 18:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor bundan biroz avval Superliganing 30-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” va “Metallurg” jamoalari  uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan bekobodliklar ustozi Andrey Shipilov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“O‘yinni yaxshi boshladik. Raqib birinchi bo‘limda ko‘p kuch sarfladi. Biz esa ikkita qulay imkoniyatdan foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda “Paxtakor” ko‘p kuch yo‘qotdi. Biz 94 daqiqa o‘ynadik va baribir gol urishni uddaladik.

Bugun tarkibda bir qator yosh futbolchilar to‘p surishdi. O‘ylaymanki, bu futbolchilar “Paxtakor”, “Navbahor” va “Lokomotiv” kabi jamoalarga qarshi o‘yinlarda o‘zlari uchun muhim tajriba to‘plashdi”, - deydi tajribali mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!