
Arsen Venger Germaniya terma jamoasiga qaysi futbolchi etishmayotganini aytdi
Londonning "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger so‘nggi paytlarda ketma-ket muvaffaqiyatsizliklarga uchrayotgan Germaniya terma jamoasiga qaysi futbolchi etishmayotganini aytdi.
“O‘zil – ajoyib futbolchi. Uning terma jamoadan ketganidan afsusdaman. O‘zil Germaniya terma jamoasiga kerak deb hisoblayman. Yoaxim Lyov uni terma jamoaga qaytishga ko‘ndira oladi deb umid qilaman”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, O‘zil Bundestim safida 2009-2018 yillarda to‘p surgan va 93ta o‘yinda maydonga tushib, 23 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol etgan.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2018dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Turkiya prezidenti bilan birga suratga tushgan Mesut O‘zil kutilmaganda buning uchun jiddiy tanqidlarga uchradi va natijada terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan edi.
Fikrlar