"Arsenal"ning sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi

  • 26 fevral, 2019, 02:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi hamda Frantsiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Abu Diabi faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

Tecno

32 yoshli futbolchi bu haqda kecha RMC Sport 1 telekanalidagi efirda aytib o‘tgan.

Ta’kidlash kerakki, u so‘nggi bor 2016 yilda maydonga tushgan edi. Shundan buyon to‘pig‘idan olgan jarohati surunkali tarzda qaytalanaverdi.

Ma’lumot uchun, Diabi “Arsenal” va “Marsel” kabi jamoalarda to‘p surgan. Frantsiya terma jamoasida esa 16ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!