
Husanov, o‘ynashni shu yulduzlardan o‘rgan! Dunyoning eng zo‘r markaziy himoyachisi aniqlandi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirayotganini inobatga olib, sports.uz portali ushbu mamlakat futboli hamda “Manchester Siti” jamoasiga oid qiziq ma’lumotlarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
Angliya Premer-ligasi futbolchilarning mahorati yuksakligi jihatidan boshqa ligalardan ancha ustun turadi. Ingliz klublari ham o‘yinchi tanlashda ularni “chertib, chertib” oladi.
Argentinalik jahon chempioni Entso Fernandes bir necha yildan beri “Chelsi” sharafini himoya qilib keladi. Tajribali yarim himoyachidan jahonning eng kuchli markaziy himoyachisi kim ekanini so‘rashdi. Entso Fernandes ular Angliya Premer-ligasi vakillari ekanini ta’kidladi.
- “Liverpul” vakili Virjil van Deyk jahonning eng zo‘r markaziy himoyachisi. Bu yuz foiz aniq. Niderlandiyalik bu o‘yinchi va “Tottenxem” markaziy himoyachisi Kristian Romero hammadan ustun turadi, - dedi Entso Fernandes.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov esa, Angliya Premer-ligasining eng tezkor markaziy himoyachilaridan biri hisoblanadi. Ekspertlar hisob-kitobiga ko‘ra, o‘zbek legioneri chempionatning birinchi turida eng tez yugurgan himoyachi sifatida qayd etildi. Abduqodir “Vulverxempton”ga qarshi bahsda soatigi 33,5 kilometr tezlikda yugurgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha kuchli beshlikdan joy oldi.
Quvonarli jihati, Anglya Premer-ligasidagi birinchi va hozircha yagona bo‘lgan o‘zbek futbolchisi kuchli klublarning yulduzlariga qarshi o‘yinlarida o‘z mahoratini charhlab bormoqda.
“Manchester Siti” darvozabon uchun ikki baravardan ortiq haq so‘radi
Turkiyaning amaldagi chempion “Galatasaroy” anchadan beri “Manchester Siti”ning asosiy darvozaboni Ederson Moraesni transfer qilish istagini bildirmoqda.
Istanbulliklar braziliyalik golkiperni so‘rab, “shaharliklar”ga bir necha bor murojaat qildi. Turklar oxirgi taklifida Ederson uchun 10 million evro atrofida badal puli berilishini bildirdi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, bu summa manchesterliklarni qoniqtirgani yo‘q. Manbaga ko‘ra, “Manchester Siti” Turkiya chempionlarian 32 yoshli darvozabon uchun 25 million evro so‘ragan.
Edersonning o‘zi “Galatasaroy” mutasaddilari bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan va tezroq Superligaga ko‘chib o‘tmoqchi. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
“Siti”da Yamal darajasidagi yulduz bor
Frantsiya terma jamoasi va “Manchester Siti”ning sobiq yulduzi Samir Nasri “shaharliklar”ning yangi o‘yinchisi Rayan Sherki mahoratidan hayratda ekanini ta’kidladi.
22 yoshli frantsiyalik yarim himoyachi manchesterliklar safidagi debyut uchrashuvida 73-daqiqada Erling Xolandni almashtirdi va qisqa vaqt ichida “Vulverxemton” darvozasini ishg‘ol qildi.
- Sherki – talant, uni Lamin Yamalga taqqoslash mumkin. Rayanning driblingi hayratlanarli darajada zo‘r. Endi u barqarorlikka erishishni o‘rganishi kerak, shunda eng buyuk futbolchilar qatoriga qo‘shsak bo‘ladi, - dedi Samir Nasri.
Samir Nasri futbolchilik faoliyati davomida “Marsel”, “Arsenal London”, “Manchester Siti”, “Vest Xem Yunayted”, “Sevilya”, “Antalyaspor” va “Anderlext” jamoalarida o‘ynagan.
Rayan Sherki ham Frantsiya futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Lion” klubi tizimida tarbiyalanib, besh yil davomida asosiy jamoa sharafini himoya qilgan.
Fikrlar
захирада утириб кандай урганиш мумкин?
кандай килиб энг зур марказий химоячи аникланади?
биттагина одам фикри билан аникланиб коладими?