Asosiy mazmunga oʻtish
Tennis

"Australian Open-2017": Sabina va Nigina kim bilan o‘ynaydi?

Izohlar: 0
Mamlakatimiznig eng kuchli ikki tennischisi - Sabina Sharipova hamda Nigina Abduraimov "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi eng nufuzli to‘rt turnirdan dastlabkisi - Avstraliya ochiq chempionatining saralash musobaqasidagi raqiblarini bilib oldi.
Nufuzli musobaqaning saralash turnirida jami 96 nafar tennischi ishtirok etadi. Qur’a natijasiga ko‘ra mamlakatimizning birinchi raqamli raketka ustasi Sabina Sharipova dastlabki bahsda rossiyalik Veronika Kudermetova bilan bellashadi.
Nigina Abduraimovaga esa biroz kuchli raqib ro‘baro‘ bo‘ladi. Hamyurtimiz keyingi bosqichga o‘tishi uchun xitoylik Kay-Lin Chjan qarshiligini sindirish kerak.
Bo‘lajak uchrashuvlarda tennischilarimiz omad va g‘alaba tilaymiz.
Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q