“Australian open-2017”: Serena Uilyams o‘z kuchini ko‘rsatdi
Avstraliya ochiq chempionatining yarim finaliga ajratilgan so‘nggi yo‘llanma jahonning ikkinchi raqamli tennischisi Serena Uilyamsga nasib qildi.
Chorak finalning oxirgi uchrashuvida amerikalik raketka ustasi Buyuk Britaniya vakilasi Yoxanna Konta bilan raqobatlashdi. Uchrashuv bir soatu 15 daqiqa davom etdi. Britaniyalik tennischi o‘yin mobaynida Serenaga umuman qarshilik ko‘rmatolmadi. Bellashuv 6:2, 6:3 hisobida yakunlandi.

Serena Uilyams final yo‘llanmasi uchun bo‘ladigan navbatdagi bahsda xorvatiyalik Miryana Luchich-Baroniga qarshi kortga chiqadi.

Izohlar (0)