Ayla Tomlyanovichda omadsiz kunlar davom etmoqda
Zohir2018
Ayla Tomlyanovich ikkinchi davraga chiqa olmadi.
Avstraliyalik Ayla Tomlyanovich va xitoylik Jen Saysay Dubay shahrida o‘tayotgan chempionatda ikki yarim soat o‘zaro raqobatlashdi.
Mazkur uchrashuvda Ayla raqibiga kutilmaganda 2:6, 6:4, 5:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va yakkalik bahslaridagi ishtirokini yakunladi.
Endi Saysay "Dubai Duty Free Tennis Championships" musobaqasining ikkinchi davrasida ispaniyalik Garbin Mugurusani sinovdan o‘tkazadi.

Izohlar (0)