
Azar APLning eng kuchli jamoasi qaysiligini aytdi
Londonning "Chelsi" klubi vingeri Eden Azar APLning 16-turida "Manchester Siti" (2:1) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
“Ayniqsa, “Vulverxempton”ga qarshi bahsda uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng ushbu g‘alabaning qo‘lga kiritilgani juda muhim edi. Bu juda qiyin o‘yin bo‘ldi, asosan birinchi bo‘limda. Biroq, ikkinchi bo‘limda biz o‘yin tizginini o‘z qo‘limizga oldik va haqli g‘alabaga erishdik. Biz muxlislarimiz va rahbariyat uchun bundan keyin ham g‘alaba qozonishda davom etmoqchimiz.
Shu kuni ajoyi hislarni boshdan kechirdik, chunki biz Angliyaning eng kuchli jamoasini mag‘lub etdik”, - deydi belgiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” shu kuni “Siti”ning juda uzoq vaqtdan buyon davom etib kelayotgan mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham bergan edi.
Fikrlar