
Azar futbol tarixidagi eng zo‘r o‘yinchi kimligini aytdi
Londonning "Chelsi" klubi va Belgiya terma jamoasi vingeri Eden Azar futbol tarixidagi eng zo‘r o‘yinchi kimligini aytdi.
“Futbol tarixida eng zo‘r futbolchilar soni bir nechta emas. Faqat bitta, bu ham bo‘lsa Lionel Messidir. Kataloniya klubida bo‘lgan paytlarim yaxshi xotiralar qolmagan. Men bundan bo‘lishini kutmagandim. Biroq, u erda Messi bilan uchrashganimdan judayam baxtiyorman. Hozirgi paytda mening oila a’zolarimning barchasi Leoning muxlisi hisoblanadi”, - deydi Azar.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining 2017/18 yilgi mavsumida 1/8 finalda “Chelsi” aynan “Barselona”ga to‘qnash kelgan va ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 4:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Fikrlar