Bahodir Jalolovning Rio-2016dagi raqibi 38 soniyada nokautga erishdi
Britaniyalik super og‘ir vazn toifali bokschi Jo Joys professional ringdagi 3-g‘alabasini nishonladi, deya xabar beradi Vringe nashri.
U mazkur jangda amerikalik Donni Palmer bilan kuch sinashib, birinchi raunddayoq raqibini ringga qulatishga erishdi. Buning uchun Joysga atigi 38 soniya kerak bo‘ldi.
32 yoshli Joys uchun bu professional ringdagi uchinchi g‘alaba bo‘ldi. U ilk jangini 2017 yil oktyabr oyida o‘tkazgan edi. 34 yoshli Palmer faoliyati bu ikkinchi mag‘lubiyat bo‘ldi. Uning hisobida shuningdek 9 g‘alaba (8 nokaut) va 1 durang bor.
Joys keyingi jangini London 5 may kuni Devid Xey va Toni Belyu o‘rtasida o‘tadigan boks kechasining anderkart jangida ringga chiqadi. Uning raqibi britaniyalik Derek Chisora bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Joys Rio-2016 Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritgan. U chorak finalda Bahodir Jalolovni, yarim finalda qozog‘istonlik Ivan Dichkoni mag‘lub etgan bo‘lsa, finalda frantsiyalik Toni Yokoga imkoniyatni boy bergan.
Bahodir Jalolov mart oyi boshida professional boksga o‘tganligini va ilk jangni aprel oyida o‘tkazishni ma’lum qilgan edi.

Izohlar (0)