Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

«Barsa» da Neymarning o‘rinbosari paydo bo‘ldi

Эркин Ғайбуллаев
Izohlar: 0

Hujumchi “Ueska” ustidan qozonilgan yirik 8-2 hisobidagi bellashuvda ham o‘z so‘zini aytdi. Dembele nihoyat unga to‘langan pullarni oqlay boshladi, deyishimiz mumkin.

Frantsiyalik yosh iqtidor egasi “Kamp Nou”dagi birinchi mavsumida Neymarga o‘rinbosarlik qilishga qiynaldi, biroq u yangi mavsumda porloq o‘yinlarini namoyish qilishni boshladi.

Hayot tez o‘zgarishi mumkin, futbol esa buni isbotlaydi. Usmon Dembeleni ushbu yozda “Barselona”dan ketishi mumkinligi haqida xo‘p gapirildi. Biroq bir oy o‘tib u Ernesto Valverdening asosiy hujum quroliga aylandi.

Murabbiy frantsiyalik vingerga unchalik ishonch bildirmayotgandi, biroq mavsum stratida aynan uning muhim gollari kataloniyaliklarga ikki g‘alabani taqdim qildi va u hujumda Lionel Messi va Luis Suareslar yonidan joy oladigan bo‘ldi.

Uning “Barselona”dagi sarguzashti yomon tarzda boshlandi. Dembele 2017-yil yozida “Borussiya Dortmund”dan “Barsa”ga 145 million evro evaziga o‘tganidan keyin dahshatli debyut mavsumni o‘tkazdi. Ko‘pchilik undan rekord darajada “Pari Sen-Jermen”ga o‘tib ketgan Neymarning munosib o‘rinbosari bo‘lishini kutishgan edi.

Hujumchi jamoaga kirishishni boshlagan bir paytda og‘ir jarohat oldi va sentyabrdan oktyabrgacha maydondan tashqarida qolib ketdi. Bu vaqtda Valverde jamoada 4-4-2 o‘yin tizimini yaxshilab o‘rnatib bo‘lgandi, bu tizim kataloniyaliklarga himoyalanishga yordam berishi bilan birga janubiy amerikalik hujum juftliklariga ko‘plab imkoniyatlarni taqdim qilardi.

Valverde jarohatidan tiklanib safga qaytgan Dembele to‘rt o‘yindan keyin yana jiddiy jarohat olib bir oyga safdan chiqqanini tajribasizlik va mo‘rt ekanligiga yo‘ydi.

Fevralda yana safga qaytgan Usmon beqaror o‘yin ko‘rsatdi va bu birin-ketin sodir bo‘laverdi. Faqatgina bir necha epizodlarda “Barselona” nima uchun unga buncha mablag‘ sarflanganini isbotlashga harakat qildi.

Shulardan biri “Chelsi”ga qarshi o‘yinda ro‘y berdi. Tibo Kurtuani dog‘da qoldirib jamoasiga “Kamp Nou”da “ko‘klar” ustidan 3-0 hisobida g‘alaba qilishga va chorak finalga chiqishiga katta yordam berdi.

“Vilyarreal”ga qarshi ikki goli boshqa bir isbot bo‘ldi va u Suares va Messi yonida foydali bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib qo‘ydi.

Afsuski Valverde unga “Roma”ga qarshi uchrashuvda atigi besh daqiqa imkon berdi. Italiya poytaxtidagi yirik mag‘lubiyatda ham Valverde klubning sobiq rekord transferi (yanvarda Filipe Koutino 160 million evroga sotib olingan) egasiga ishonishdan bosh tortdi.

Braziliyalik futbolchining kelishi Dembele o‘zining ikkinchi mavsumida ajoyib start boshlashiga turtki bo‘ldi, deyishimiz mumkin.  Bu Dembelega kiyinish xonasida o‘zini erkin his qilish imkoniyatini bermoqda. Bu uni Neymarga qiyoslashlaridan qutqarishi mumkin. Boisi o‘tgan mavsumda undan yuqori natijani kutishayotgandi, bu safar undan kam narsani kutishgandi.

“Dembele o‘zining top darajasiga qaytdi” – dedi Suares RAC1 ga bergan intervyusida. – “bu yil u o‘zini ancha bosib olgan va u bizga ko‘p narsani berishi mumkin, chunki u raqibni dog‘da qoldira oladi va tezkor hisoblanadi.”

“Renn”da bir yil o‘ynab top darajasida “Borussiya Dortmund”da bir mavsum o‘tkazgan futbolchi uchun bu juda ko‘p va juda tez vaqt hisoblanadi. Frantsiya Jahon Chempionatini yutmasida oldin u guruh bosqichidagi o‘yinlarda ishonchsiz harakat qilgani ortidan keyinchalik zaxirada qolib ketdi va buning ortidan “Barselona”dan ketishi haqidagi xabarlar urchiy boshladi.

Ispan mediasi “Bordo”dan boshqa bir vinger Malkomning kelishi Dembelening faoliyatiga soya solishi haqida bong ura boshladi.

Valverde “Sevilya”ga qarshi Ispaniya Superkubogida yana bir imkoniyat berdi. 11-raqam egasi kataloniyaliklarga mavsumdagi ilk sovrinini yutib olishiga yordam berdi. Uning urgan goli barcha narsani o‘zgartirib yubordi.

“Undan umidimiz katta. Unda yuksak qobiliyat bor va shu erda biz bilan” – dedi Valverde “Sevilya” ustidan 2-1 hisobida qozonilgan g‘alabadan keyin.

To‘satdan, uning klubni tark etishi haqidagi gap-so‘zlar tindi, aksincha undagi professionalizm haqida gapirishga o‘tildi.

“Ko‘k-anorranglilar” “Alaves”ga qarshi 4-3-3 o‘yin tizimida Dembeleni chap qanotga qo‘ygan holda o‘ynadi. Valverde aynan frantsiyalik iqtidor egasi uchun 4-4-2 uslubidan 4-3-3 ga qaytgani ham e’tiborga molik. U bask klubiga qarshi gol ura olmagan bo‘lsada, 21 yoshli futbolchi OAV tomonidan raqib darvozasi oldida katta xavf bo‘lgani va o‘yinida jiddiy o‘sish bo‘lganini yozishdi.

Biroq bu ishni u hech kim gol ura olmayotgan bir paytda “Valyadolid” darvozasini ishg‘ol qildi. “Barsa” “Xose Sorillya”da kartoshka dalasiga tushib qolgan bir paytda Dembele Robertoning ajoyib uzatmasini gol bilan yakunlay olgandi. Bu esa jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim qildi.

Hujumchi “Ueska” ustidan qozonilgan yirik 8-2 hisobidagi bellashuvda ham o‘z so‘zini aytdi. Dembele nihoyat unga to‘langan pullarni oqlay boshladi, deyishimiz mumkin.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q