“Barselona” futbolchisiga 4 klub qiziqmoqda
Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Andre Gomesh ko‘rinishidan yozgi transfer oynasi vaqtida jamoani tark etadi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar” portugaliyalik futbolchi borasida 4 klubdan taklif oldi. Biroq taklifning moliyaviy jihatlari ularni qanotlantirmayapti.
“Barselona” Gomeshning transferidan 35 mln evro ishlab olmoqchi. Boisi, jamoa 2 yil oldin Gomeshni “Valensiya”dan aynan shuncha summaga sotib olgan.
Unga qiziqish bildirgan klublar orasida “Tottenxem”, “Vulverxempton”, “Yuventus” hamda “Latsio” jamoalarini uchratish mumkin.
Fikrlar