
“Barselona” sobiq futbolchisi PSJ bilan shartnoma imzolash uchun Parijga keldi
“Barselona” xamda “Yuventus” jamoalarining sobiq himoyachisi Dani Alves Parij shahriga keldi. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.
Braziliyalik futbolchi PSJ bilan ikki yillik shartnoma borasida kelishib olgani aytilmoqda. Tomonlar endilikda rasman shartnoma imzolashsa bas.
Yaqin soatlar ichida Alves PSJ uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Ertaga esa Parij klubi Alvesni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qilishi va uni rasman ommaga tanishtirishi kutilmoqda.
Ilgariroq, futbolchi “Yuventus” bilan shartnomasini bekor qilgan edi.
Fikrlar