"Bavariya" Pavar bilan kelishib bo‘lgan, navbat "Shtutgart"ga

  • 20 iyul, 2018, 11:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning “Bavariya” klubi “Shtutgart” himoyachisi Benjamen Pavar bilan kelishuvga erishdi.

Xabarlarga qaraganda nemis grandi Pavardan JCh-2018 davridayoq roziligini olgan. Unga ko‘ra frantsiyalik futbolchi “Bavariya”ga kelasi yilning yozida 35 mln evroga ko‘chib o‘tishi kerak edi. Biroq, uning jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so‘ng myunxenliklar rahbariyati vaqtni boy bermaslik uchun “Shtutgart” bilan bu borada muzokaralarni boshlab yubordi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Pavarga PSJ, «Tottenxem» va «Atletiko» kabi jamoalar ham jiddiy qiziqish bildirishayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!