Bekmurod Oltiboev mo‘g‘ulistonlik raqibidan ustun keldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dzyudo bo‘yicha Toshkent Gran-prisi bahslarining so‘nggi kuniga start berildi.

Ushbu kun dastaridan o‘rin olgan bellashuvlarda erkaklar o‘rtasida +100 kg vazn toifasidagi Bekmurod Oltiboev bronza medali uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha saralash bosqichida mo‘g‘ulistonlik  Battulga Temuulenga qarshi tatamiga ko‘tarildi.

Qiziqarli kechgan bahsda Oltiboev raqibi ustidan vazare bahosi evaziga g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!