Boateng Germaniya terma jamoasi qarorgohini tark etdi

  • 15.10.2018 13:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Myunxenning "Bavariya" klubi himoyachisi Jerom Boateng Germaniya terma jamoasi qarorgohini tark etdi.

Bundestim matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli futbolchi Gollandiyaga (3:0) qarshi bahsda mushaklaridan jarohat olgan.

Shunday qilib Boateng ertaga Frantsiyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan muhim uchrashuvda terma jamoasiga yordam berolmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!