Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Boks: Bobo-Usmon finalda jahon chempioni bilan jang qiladi

Izohlar: 0

Ostona shahridagi boks bo‘yicha Qozog‘iston prezidenti kubogi uchun V xalqaro turnirda mezbonlardan tashqari O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Hindiston, Rossiya, Filippin, Ukraina, Qirg‘iziston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston va Erondan kelgan bokschilar g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Boks: Bobo-Usmon mezbon bokschi g‘alabasiga yo‘l qo‘ymadi

69 kilogramm vazn toifasidagi janglarda ishtirok etayotgan Bobo-Usmon Boturov finalga yo‘llanma oldi. Hamyurtimiz yarim final bahsida qirg‘izistonlik Adilet Batiralievni katta ustunlik bilan engdi.

B.Boturov oltin medal uchun bo‘ladigan hal qiluvchi bellashuvda azaliy raqibi - yoshlar o‘rtasida jahon chempioni Sadriddin Ahmedov bilan raqobatlashadi.

Mezbon sportchiga qarshi bo‘ladigan bellashuvda hamyurtimizga g‘alaba tilaymiz.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q