Bokschilarimiz oltin medalsiz qoldi
Qozog‘istonning Atirau shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda o‘nga yaqin davlatdan kelgan bokschilar g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
Turnirda xalqaro miqyosdagi musobaqalarda mahorat ko‘rsatgan charm qo‘lqop ustalarining borligi bellashuvlarni keskin va murosasiz o‘tishiga xizmat qildi.
Xalqaro turnirda ishtirok etgan bokschilarimizdan Fozil Abdumurodov, Sardor Muzaffarov, Fazliddin Meliboev va Kozim Mardonov finalgacha bo‘lgan bellashuvlarning barchasida zafar quchdi. Biroq, ularning bari musobaqa yakunida kumush medal bilan kifoyalandi.
Yarim finalgacha etib kelgan Abdulla Qo‘chqorov va Alisher Habibullaev bronza medal bilan taqdirlandi.
Izohlar (0)