Bonuchchi "Milan"dan ketadi, agar...

  • 26 may, 2018, 09:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” himoyachisi Leonardo Bonuchchi agar “rossonerilar” Evropa ligasida ishtirok etishmasa, jamoadan ketishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, joriy hafta UEFA moliyaviy feyr-pleyga amal qilmagani uchun “Milan”ni jiddiy jazolashi haqida xabarlar tarqaldi. Gap shundaki, tashkilot ushbu holat yuzasidan klubga katta miqdorda jarima qo‘llashi va xatto jamoani kelasi mavsum Evropa ligasidan diskvalifikatsiya qilishi ham mumkin.

E’tiborlisi, agar Bonuchchi “Milan”dan ketishni istasa, klub rahbariyati uni mamnuniyat bilan katta pulga sotishi va o‘zining moliyaviy axvolini biroz yaxshilab olishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!