“Borussiya D” Pulishichning narxini e’lon qildi
Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Kristian Pulishich mavsum oxirida jamoani tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda The Telegraph nashri.
Manabada yozilishicha, “sariq-qoralar” rahbariyati AQSh terma jamoasi futbolchisini qishki transferlar mavsumida saqlab qolib, takliflarni yozda ko‘rib chiqishni rejalashtirgan. Klub Pulishichni 70 mln funt (79 mln evro)ga baholamoqda.
Hozirda unga asosiy da’vogarlar sifatida “Chelsi”, “Liverpul” va “Pari Sen-Jermen” jamoalari e’tirof etilmoqda.
Avvalroq Pulishichga faqatgina “Chelsi” da’vogar edi. Londonliklar uni yozda klubni tark etishi kutilgan Eden Azarga o‘rinbosar sifatida qaragan.
Fikrlar