
"Borussiya D" Vitselni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Belgiya terma jamoasi va "Tyantszin Tsyuantszyan" klubi yarim himoyachisi Aksel Vitsel faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi Bild nashri. Futbolchiga Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqish bildirmoqda.
Nemis klubi Vitselga JCh-2018dagi o‘yinlaridan so‘ng e’tibor qaratgan. 29 yoshli futbolchi oltita o‘yin o‘tkazgan. Vitselning taxminiy transfer narxi 20 mln evroni tashkil qiladi.
Vitsel "Tyantszin Tsyuantszyan" 2017 yildan beri to‘p surib kelmoqda. Bungacha "Zenit", "Benfika" va "Standard" klublarida o‘ynagan. Belgiya termasida 96 o‘yinda 9 gol mavjud.
Fikrlar