"Borussiya" Dortmund Yarmolenkoning narxini e’lon qildi

  • 09.07.2018 14:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Dortmundning “Borussiya” klubi rahbariyati “Vest Xem”ga ukrainalik hujumchi Andrey Yarmolenkoning narxini e’lon qildi.

Unga ko‘ra nemis grandi 28 yoshli futbolchi uchun londonliklardan 28 mln evro va unga qo‘shimcha yana 3 mln evro bonus talab qilmoqda. O‘z navbatida “Vest Xem” Yarmolenko uchun 22 mln evro va so‘ralgan bonusni bermoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Yarmolenko “Borussiya” safiga bundan roppa rosa bir yil muqaddam Kievning “Dinamo” klubidan 25 mln evro evaziga kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!