
"Borussiya" Dortmund futbolchisi MYuda o‘ynashni orzu qilmoqda
Dortmundning "Borussiya" klubi himoyachisi Manuel Akanji o‘z orzusi haqida gapirib o‘tdi.
“Ko‘pchilik bolaligimdan "Manchester Yunayted"ga muxlislik qilishimni biladi. U erda o‘ynashni orzu qilaman, lekin hozir bu haqda o‘ylamayapman. Dortmundda meni hamma narsa qoniqtiryapti. “Borussiya” bilan birga sovrinlar yutmoqchiman va Shveytsariya terma jamoasi safida xalqaro o‘yinlarda o‘zimni ko‘rsatmoqchiman”, - deydi Akanji.
Ma’lumot uchun, “Borussiya” Dortmund 23 yoshli Akanjini joriy yoz “Bazel”dan 21,5 million evroga xarid qilgan.
Fikrlar