"Borussiya" Dortmund futbolchisi "Yuventus"ni qiziqtirib qo‘ydi

  • 01.10.2018 13:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Kristian Pulishich "Yuventus"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra turinliklar 20 yoshli AQShlik futbolchini qishki transferlar davridayoq sotib olishmoqchi. Aytish lozimki, Pulishichning dortmundliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.

Ma’lumot uchun, Pulishich joriy mavsum Bundesligada jami 4ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!