Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Bosh sovrin qo‘ldan chiqdi

Izohlar: 0
Qozog‘istondagi "Fyuchers" turnirida hamyurtimiz Sanjar Fayziev juftlik bellashuvlari finalida o‘ynadi.

Musobaqada qozog‘istonlik Timur Xabibulin bilan hamkorlikda o‘ynayotgan Sanjar Fayziev Chexiya vakillari Marek Gengel va Tomash Papikni 6:4, 7:6, rossiyalik Markos Kalovelonis va Denis Matsukevichni 7:6, 4:6, 10:4 , niderlandiyalik Nils Lutsma va Botik van de Zandshulpni 7:6, 6:3 hisobida mag‘lub etib, finalga chiqdi.

Sanjar Fayziev va Timur Xabibulin yangi mavsumdagi dastlabki final uchrashuvida ukrainalik Vladislav Manafov va rossiyalik Aleksandr Povlyuchenkov bilan raqobatlashdi.

Ushbu uchrashuvda 6:3, 7:6 hisobida evropalik tennichilarning qo‘li baland keldi.

SPORTS.uz.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q