Britaniyalik poygachi "Tur de Frans"da g‘alaba qozondi
"Tur de Frans" ko‘pkunlik velopoygasida britaniyalik Gereyent Tomas g‘alaba qozondi
Frantsiyada "Tur de Frans" ko‘pkunlik velopoygasi o‘z yakuniga etdi. So‘nggi bosqichdan oldin yakuniy ro‘yxatni boshqarib borayotgan britaniyalik Gereyent Tomas so‘nggi bosqichdan keyin ham etakchilikni saqlab qola oldi va musobaqaning 2018 yilgi g‘olibiga aylandi.
Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, dunyo tarixida bungacha 4 sportchi xuddi Gereyent kabi ham Olimpiya o‘yinlari, ham jahon chempionatidagi g‘alabadan keyin "Tur de Frans"da zafar quchgan. Tomas Pekin va London Olimpiadalarida velotrek yo‘nalishida, qolaversa, bir necha bor dunyo birinchiligida g‘olib bo‘lgan. Shuningdek, veloshosse bo‘yicha JChning bronza medali sohibi hamdir. Musobaqaning yakuniy natijasida kuchli 10 lik quyidagicha ko‘rinish oldi:
1. Gereynt Tomas (Buyuk Britaniya, Sky) – 87.17,13
2. Tom Dyumolen (Gollandiya, Sunweb) – 1,51
3. Kristofer Frum (Buyuk Britaniya, Sky) – 2,24
4. Primoj Roglich (Sloveniya, LottoNL-Jumbo) – 3,22
5. Stiven Kreysvik (Gollandiya, LottoNL-Jumbo) – 6,08
6. Romen Barde (Frantsiya, AG2R) – 6,57
7. Mikel Landa (Ispaniya, Movistar) – 7,37
8. Deniel Martin (Irlandiya, UAE-Team Emirates) – 9,05
9. Ilnur Zakarin (Rossiya, Katusha–Alpecin) – 12,37
10. Nayro Kintana (Kolumbiya, Movistar) – 14,18 . . .

Izohlar (0)