Bugun Sherali engilmas bokschiga qarshi ringga chiqadi
Professional boks bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Sherali Mamajonova navbatdagi jangini bugun AQShda o‘tkazadi.
Las-Vegas shahrida tashkil etiladigan professional boks kechasida hamyurtimiz amerikalik David Benavidez qarshi ringga chiqadi. 29 yoshli Sherali Mamajonov professional bokschilik faoliyatini 2009 yilda boshlagan. Shu kungacha 15 ta jang o‘tkazib, shulardan 14 tasida zafar quchgan, ettita jangda muddatidan oldin g‘alaba qozongan. Faqatgina bir marotaba Ukrainada tashkil etilgan jangda Dmitro Nikulinga ochkolar hisobida yutqazgan.
Sheralining bo‘lajak raqibi ancha yosh bo‘lishiga qaramay, professional ringda katta natijalarga erishmoqda. 20 yoshli David Benavidez katta ringda 2013 yildan buyon jang o‘tkazmoqda. Shu kungacha 16 ta jangda qatnashgan amerikalik bokschi barcha raqiblarini mag‘lub etgan. Eng e’tiborlisi, o‘ta kuchli zarbaga ega bokschi 15 ta raqibini muddatidan oldin enggan. Ayni paytda, David o‘z vazn toifasida jahon reytingida 29-pog‘onani egallab turibdi.

Sherali Mamajonov va David Benavidez jangi sakkiz raund qilib belgilandi.

Izohlar (0)