
Bugun Superliganing yakuniy bosqichiga start beriladi. "Sport" TV qaysi o‘yinni jonli ko‘rsatadi?
Xabaringiz bor bugun O‘zbekiston Superligasining hal qiluvchi bosqichiga start beriladi.
Bugun “jon saqlash” guruhida kurash olib borayotgan 4ta jamoa o‘zaro bahslarga kirishadi. Aniqrog‘i, soat 18:00dan boshlab “So‘g‘diyona” – “Qizilqum” va “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlanadi.
Biroq, “Sport” telekanali hozirgacha qaysi uchrashuvni jonli efirda namoyish qilishi haqida ma’lum qilganicha yo‘q. Muxlislarga tog‘dek sabr tilaymiz, buyog‘i tavakkal...
Fikrlar