Bugun daxshatli tennis o‘yini bo‘ladi
Bugun London shahrida tenins bo‘yicha ATR taqvim rejasidan o‘rin olgan yilning yakuniy musobaqasi o‘z yakuniga etadi.
Sovrin jamg‘armasi 8 million AQSh dollari miqdorini tashkil qiluvchi turnirning finalida jahonning birinchi raqamli raketka ustasi serbiyalik Novak Jokovich hamda yosh iste’dod egasi germaniyalik Aleksandr Zverev to‘qnash keladi.
Tennischilar shu paytgacha 4 marta to‘qnash kelishgan bo‘lib, umumiy hisob-kitob 2:2 ko‘rinishida. Biroq bu mavsum ular 2 bor turli musobaqalarda bahs olib borishgan va ularning har ikkisida ham Novakning qo‘li baland kelgan. Bugungi o‘yin Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi.
Fikrlar