Bugun ikki nafar professional bokschimiz ringga chiqadi

  • 18.04.2018 12:00
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun Rossiyaning Ekaterinburg shahrida professional boks bo‘yicha janglar bo‘lib o‘tadi. Mazkur boks kechasida ikki nafar bokschimiz ringga chiqishadi.

Bugun jami 12 ta to‘qnashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shulardan birida 79,4 kg vaznda Nabijon Ismonov shogirdi Jaloliddin O‘ktamov (2-0-0, KO2) kuch sinashadi. Unda mazkur to‘qnashuvda rossiyalik Denis Xamatov (1-0-0) raqiblik qiladi. Bu hamyurtimiz uchun professional ringdagi uchinchi jang bo‘ladi. U oldingi ikkita qarama-qarshilikni muddatidan oldin nokaut bilan yakunlagan. Bugungi bellashuv 4 raund bo‘ladi.

Shuningdek, Zufar Sulaymonov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib borayotgan Maqsud Jumaev ham ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, boks kechasi Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!