Bundesliga. "Borussiya" Dortmund mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi
Dortmunddagi "Signal Iduna Park" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
1-daqiqada Jan-Kevin Ogyusten mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 21 daqiqa o‘tib, Dovud muvozanatni tikladi. Mezbonlar safida Aksel Vitsel va Marko Royslar ham o‘z nomlarini tabloga yozdirib qo‘yishdi. Yana bir gol esa avtogol sifatida "RB Leyptsig" himoyachisi Marsel Zabittser hisobiga yozildi.

Fikrlar