“Chelsi” Chicharitoni APLga qaytarmoqchi

  • 30 dekabr, 2016, 09:12
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Germaniyaning “Bayer” jamoasi hujumchisi Xaver Ernandes o‘z faoliyatini yana Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Bild nashri tarqatgan habarga ko‘ra, meksikalik futbolchining xizmatlariga “Chelsi” qiziqish bildirmoqda.

London klubi 28 yoshli hujumchini bir necha kundan keyin ochiladigan transfer oynasida sotib olishni rejalashtirgan. Transferning taxminiy bahosi 40 million evroga teng.

Joriy mavsumda Chicharito “Bayer” barcha turnirlarini inobatga olganda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta golga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!