Darren Kexill: Simona bilan faxrlanaman!
Ruminiyalik tennischi Simona Xalepning murabbiyi Darren Kexill shogirdining “Australian Open – 2018” turniridagi ishtiroki haqida gapirib o‘tdi.
“Simona hech qaschon onasidan ajralmaydi. Melburnga ular birga kelib, birga ketishdi. Men jamoamiz nomidan ularga minnatdorchilik bildiraman. Biz sen bilan faxrlanamiz, Simona, sen ajoyib o‘yin ko‘rsatding. Dam olish vaqti keldi”, - deb yozadi Darren o‘zining tvitterdagi sahifasiga.


Fikrlar