Darya Gavrilova ikkinchi davrada o‘ynaydi
Avstraliyalik Darya Gavrilova Frantsiyada o‘tayotgan "Rolan Garros" turnirining ikkinchi davrasiga ishonchli g‘alabasi bilan chiqdi.
Darya musobaqaning chorak finalida ruminiyalik Sorana Kirstyaga qarshi bahs olib bordi. Keskin va murosasiz o‘tgan o‘yinda Gavrilova 4:6, 7:6, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Endi Gavrilova Frantsiya ochiq chempionatining ikkinchi davrasida amerikalik Bernarda Peraga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Fikrlar